20:20 / 03.12.2017
23795

Messining akasi ushlandi

Foto: Twitter

Ikki kun avval “Barselona” hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Messi Argentinaning Figiyera aholi punktidagi xususiy baliqchilik klubiga jarohat olgan holda qayig‘ida kelib, klubdagi qo‘riqchilarga sayozlikka uchragani va oqibatda jarohat olganini aytgan. 

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya klubga qo‘yib ketilgan qayiqdan qon izlari va ro‘yxatga olinmagan to‘pponchani aniqlagan. Politsiyachilar qayiq egasi bo‘lgan Matias Messini yashaydigan manzili bo‘yicha topa olishmagach, prokuror uni ushlashga order bergan. 

Matias Messi ona shahri Rosariodagi shifoxonada ushlandi. U qayiqda yuz bergan voqea tafsilotlari o‘rnatilmaguncha shifoxonada politsiya nazorati ostida qoladi.

Messining oilasi Matias jag‘ sinishi va yuzida ko‘plab kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqazilgani haqida bayonot tarqatgan. 

Matias 2016 yilda avtomobilida topilgan qurol uchun ma'muriy jazoga tortilgan. 2008 yilda ham u noqonuniy tarzda qurol olib yurgani uchun hibcga olingan. Avgustda esa Matias ona shahri Rosarioda avariyaga uchragan.

Top