08:50 / 03.12.2017
11560

«Real» Salohga qiziqish bildirmoqda

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ma'lum qildiki, Madridning «Real» klubi «Liverpul»ning misrlik yetakchisi Muhammad Salohni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. 

«Menga «Real» Salohga qiziqish bildirayotganini tasdiqlashdi, ammo keling, bu haqda shoshilmaylik. Menimcha, Muhammad hozir ham ajoyib jamoada», – deya Kuperning so‘zlarini keltirgan Goal ON Sport TV telekanaliga asoslanib. 

APLning joriy mavsumida ayni vaqtda 25 yoshda bo‘lgan Saloh 15 o‘yin o‘tkazib (13tasi — boshlang‘ich tarkibda), 12 gol urdi va 3 golga uzatma berdi.

Top