Zamonaviy smartfonlarning aksariyatida ularga kirişni himoyalaş uçun nafaqat parol, balki biometrik skanerlar ham qöllanadi. Qoidaga köra, bu barmoq izlari skanerlaridir, biroq ba'zi kompaniyalar murakkabroq tizimlarni yaratişmoqda. Misol uçun, Samsung ba'zi smartfonlariga köz rangdor pardasi skanerini, Apple esa yuzni 3D-skanerlaşni joriy qilmoqda. Biroq rostini aytganda, ikkala tizimni ham buzib kiriş yöllari topilgan.

Endi esa Samsung muhandislari mobil telefonlar uçun foydalanuvçilarni aniqlaşning noodatiy tizimini yaratişga qaror qilişdi. Samsunğning bu tizimga patent oliş uçun bergan arizasida aytilişiça, mualliflar foydalanuvçining şaxsini tasdiqlaş uçun uning kaftidagi çiziqlardan foydalanişni taklif qilişmoqda. Biroq qayd qiliş joizki, uşbu tizim qurilmaning öziga kirişga ruxsat bermaydi, balki unutib qöyilgan parolni eslaşda yordam beradi.

Foydalanuvçi parolni unutib qöysa, u kaftini smartfon kamerasi uni suratga oladigan qilib oldinga çözişi kerak. Agar smartfon xotirasidagi kaft tasviri suratdagi kaft bilan bir xil bölsa, unda tizim parolni noodatiy tarzda ekranda çiqaradi. Paroldagi belgilar kaft suratiga şunday tuşiriladiki, belgilarning bir qismi bölmaydi, kaft çiziqlari esa belgining yetişmayotgan qismi bölib xizmat qiladi. Taqdim qilingan suratda uşbu tizim orqali esdan çiqqan parolning tasvirlanişiga misol keltirilgan.  

ABHL parolining kaft suratida yaşirinça tasvirlanişi. Foto: Samsung Electronics Co., Ltd. / WIPO

Smartfon yordamida foydalanuvçilar şaxsini tasdiqlovçi noodatiy usullar bor. Misol uçun, Yahoo muhandislari buning uçun foydalanuvçi quloğini smartfon ekraniga bosişni taklif qilişgan.