21:10 / 04.12.2017
67837

Afsonaviy Kapurlar avlodi vakili hayotdan ko‘z yumdi

Foto: IMDB

Afsonaviy hind aktyori Shashi Kapur 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Variety nashrining xabar berishicha, u uzoq davom etgan kasallik natijasida vafot etgan. 

Bollivud yulduzi 3 dekabr, yakshanba kuni nafas yo‘llari infeksiyasi bilan Mumbaydagi shifoxonaga joylashtirilgan.

Kapur bolaligidan kinoda rollar ijro etgan. Uning ulg‘aygandagi ilk bosh roli "Taqdir arzandasi" filmida (1961) bo‘ldi.

Foto: IMDB

Shuningdek Shashi Kapur "Daydi" (1951), "Uy sohibi" (1963), "Janob Shekspir" (1965), "Sevgi mavsumi" (1969), "Bombey kinosi" (1970) kabi lentalarda ham suratga tushgan.

Bundan tashqari, Kapur Bollivudning boshqa bir yulduzi - Amitabx Bachchan bilan bir necha filmda birga rol o‘ynagan. Ularning orasida "Devor" (1975), "Sevgi - bu hayot" (1976), "Sodiq xizmatkor" (1982) kabilarni sanab o‘tish mumkin. 

Foto: IMDB

1979 yilda Shashi Kapur artxaus janridagi filmlarga prodyuserlik qila boshladi. Shu bilan birga, u rejissyor sifatida ham faoliyat yuritgan.

Foto: IMDB

Ta'kidlash joizki, Shashi Kapur - Kapurlar sulolasining ikkinchi avlod vakili va kino tarixidagi eng mashhur aktyorlardan biri Raj Kapurning ukasi hisoblanadi. 

Top