15:40 / 04.12.2017
17022

Amerikalik basketbolchining yuragi o‘yin vaqtida to‘xtab qoldi

Janubiy Karolina universiteti sharafini himoya qiluvchi amerikalik basketbolchi Tay Solomonning NCAA talabalar ligasi doirasida Shimoliy Karolina universitetiga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida yuragi to‘xtab qoldi. Bu holat tasvirlangan video ABC News’ning YouTube-kanalida joylashtirildi.

Sportchining hayotini shifokorlar qutqarib qoldi, ular zaxira o‘rindig‘ida unga tezkor yordam ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng basketbolchi shifoxonaga olib ketildi, u yerda Solomon o‘ziga keldi va hayotini qutqarib qolgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv yakshanba, 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi, hamda Shimoliy Karolina universitetining 103:71 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin Solomonga yordam ko‘rsatishgani tufayli 40 daqiqaga to‘xtab qoldi.

Mavzuga oid
Top