10:04 / 04.12.2017
13012

Qozog‘iston-Qirg‘iziston muammosi qaysi viloyatlarga zarba bo‘lib tushgani aytildi

Foto: Tazabek.kg

Qozog‘iston-Qirg‘iziston mojarosi Qozog‘istonning chegara yaqinidagi viloyatlari – Olmaota va Jambulga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha ulgurji bozorlarga ta'sir ko‘rsatdi, ular hattoki Olmaotada ham bo‘shab qolgan. Bu haqda Markaziy Osiyo rivojlanish korpusi hamta'sischisi Nurlan Abliyazov Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatni muhokama qilish bo‘yicha davra suhbati davomida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyoda ijtimoiy mexanizmlarni yaratish kerak, ular davlat tuzilmalariga bo‘ysunmasligi lozim. Shunda davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi qandaydir mojarolar mintaqadagi iqtisodiy aloqalarga ta'sir ko‘rsatmaydi.

«Biznes uchun mexanizmlarni ishlab chiqish kerak. Qozog‘iston-Qirg‘iziston mojarosi Qozog‘istonning chegara yaqinidagi viloyatlari – Olmaota va Jambulga ta'sir ko‘rsatdi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar hattoki Olmaotada ham bo‘shab qolishiga olib keldi. Odamlar ishidan, pulidan ayrildi, ba'zilar kreditlar olgan, boshqalarda esa banklar bilan sud jarayonlari boshlanib ketdi. Bu vaziyat ma'lum bir qatlamlarga qattiq zarba bo‘lib tushdi, biroq butun Qozog‘istonda sezilmadi. Bunday ziddiyatlarni faqat davlat tuzilmalari hal etishi achinarli. Vaziyatga yechim topishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy institutlar ham bo‘lganida, juda yaxshi holatga aylangan bo‘lardi», - deya aytib o‘tdi u.

Top