17:00 / 04.12.2017
27190

«Lokomotiv» - O‘zbekiston kubogi sohibi

Foto: Kun.uz

Bugun, 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi uchun final bellashuvi o‘tkazildi.

Unda avvalroq mavsum chempionligini qo‘lga kiritib bo‘lgan «temiryo‘lchilar» kubok finalida ham g‘alaba qozondi. O‘yin taqdirini Marat Bikmayev 7-daqiqada urgan gol hal qildi.

Bu natija, Toshkentning uchinchi jamoasi «Paxtakor»ga qo‘l keldi. 

«Lokomotiv» bunga qadar O‘zbekiston chempionatining 2017 yilgi mavsumi chempioni sifatida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun berilgan 1 dona kvotani yutib olgandi. Qarshining «Nasaf» klubi esa 2-o‘rin egasi sifatida OChL saralashida o‘ynaydi. Uchinchi yo‘llanmani Kubok sohibi qo‘lga kiritishi kerak edi. Agar finalda zafar quchganida uchinchi yo‘llanma «Bunyodkor»niki bo‘lardi. Ammo «Lokomotiv» g‘alaba qozongani uchun endi bu kvota chempionatda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan «Paxtakor» jamoasiga nasib etadigan bo‘ldi.

Kopaning ketishi. Mavsumning so‘nggi o‘yinidan fotoreportaj

O‘zbekiston kubogi-2017
Final
«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 0:1
(0:1)
Gol: Marat Bikmayev (7).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Jovlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev (Vohid Shodiyev, 78), Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 63), Shohruz Norxonov (Vadim Chemirtan, 59).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Muhammad Kone, 89) Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Sanjar Shoahmedov, 61), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Masharipov (Diyorjon Turopov, 76).
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hasan (BAA)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi (BAA)
Zaxira hakami: Ammar Ali Abdulla al-Junaybiy (BAA)

Video: Stadionga tekin chipta bilan tushgan muxlislarga tekin to‘p ham kerak

Mavzuga oid
Top