13:20 / 04.12.2017
25191

Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert»ga rasman direktor etib tayinlandi

Foto: O‘zbekkonsert

2017 yil 4 dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev ishtirok etdi. 

Madaniyat vazirligining 2017 yil 1 dekabrdagi buyrug‘iga asosan Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Odiljon Abduqahhorov mehnat faoliyatini “Kamolot” YoIH Namangan viloyat bo‘limi Kengashida boshlagan bo‘lib, keyinchalik  Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi apparatining bir qancha mas'ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012 yildan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (sobiq -“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi) Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, 2017 yilning oktabr oyidan  esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "O‘zbekkonsert" rahbariyatida o‘zgarish yuz bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top