08:37 / 04.12.2017
40437
Reklama

Repetitorga bir so‘m pul to‘lamayman!!!

Bilamizki, hozirgi vaqtda abituriyent yoki o‘quvchilarning o‘z bilimlarini oshirishi, talaba bo‘lishi uchun turli repititorlik kurslari va o‘quv markazlariga qatnashi urf bo‘lgan. Xususiy markazlardagi belgilangan narxlar ham arzon emas. Xo‘sh, u holda kam ta'minlangan oilaning farzandlari yoki onasining mablag‘i faqat ro‘zg‘or tebratishga yetuvchi  bolalar qayerda o‘qishi kerak? 

Ma'lumki, “Profi Education” abituriyentlar maktabi yurtimizning ko‘zga ko‘ringan o‘quv muassasalaridan biri sanaladi. Mazkur dargoh o‘zining sifatli ta'lim berishi bilan ko‘pchilikning ishonchini qozona oldi. Shunga qaramay, hatto “Profi Education”da ham narxlarni hamyonbop, deb bo‘lmaydi. Chunki istaymizmi, yo‘qmi,  o‘quv markazi ham bozor iqtisodiyotining bir vakilidir. Malakali kadrlarni ishga jalb qilish, ularga yetarlicha shart-sharoit yaratib berish va bor diqqatini faqatgina ta'lim sifatini yaxshilashga qaratishi uchun ham mablag‘ talab etiladi. Albatta, bu mablag‘lar abituriyent-o‘quvchilarning to‘lovidan olinadigan tushumlar evaziga qoplanadi.  

“Profi Education” jamoasi yoshlarimizning ta'lim olishi uchun qanday qilib kengroq yo‘l ochib berish usullari to‘g‘risida kun-u tun bosh qotiradi. Bu shubhasiz, o‘z natijasini bermay qolmaydi. “Profi Education” barchaning erkin tahsil olishi uchun yana bir yaxshi imkoniyatni yaratdi: endilikda o‘quv markazining You tube’dagi rasmiy kanalida yurtdoshlarimiz uchun ajoyib video-rolik ko‘rinishidagi darsliklar joylashtirib boriladi. Mazkur roliklarni siz mutlaqo bepul tomosha qilishingiz mumkin. 

Foto: Profi Education

Shuningdek, o‘qituvchilar bilan internet orqali bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. 

Video-roliklar bilan siz quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin:

Telegram: t.me/profieducation_group

Agarda biz yuklab borayotgan roliklar sizga ma'qul kelgan bo‘lsa, ular sizlarga bilim egallashdek mashaqqatli yo‘lda yordam bera olsa, jamoamiz o‘z maqsadiga yetgan bo‘ladi. 

“Profi Education” – har narsaning imkoni bor!

Murojaat uchun telefonlar: (+99871) 244 6606;

Telegram'dagi raqam: +998909512388

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top