10:24 / 04.12.2017
7143

Sportchilar ko‘chasida talonchi qo‘lga olindi

Chirchiq shahar IIBga 1969 yilda tug‘ilgan Azamat Jonpo‘latov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 26 oktabr kuni soat 10.00 larda, noma'lum shaxs, Chirchiq shahri Sportchilar ko‘chasida uni qo‘lidagi narxi taxminan 500.000 so‘m bo‘lgan  “Samsung-Trend” rusumli uyali aloqa telefonini tortib olib ketganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Ramziddin Ostonov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top