Ispaniya Oliy sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonni hibsga olish haqidagi orderni qaytarib olgan. Bu haqdaEl País xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, bu Puchdemon bilan birga Belgiyaga qochib ketgan muxtoriyatning yana 4 nafar sobiq amaldoriga ham taalluqlidir.
Bundan avvalroq Puchdemon Kataloniyada referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.