11:30 / 05.12.2017
9734

«San-Xuan» g‘oyib bo‘lgan hududdagi portlash kuchi dahshatli bo‘lgani taxmin qilindi

Foto: Argentina mudofaa vazirligi

Argentina harbiy-dengiz kuchlari izsiz g‘oyib bo‘lgan «San-Xuan» suv osti kemasining qidiruv ishlari olib borilayotgan hududda trotil ekvivalenti bo‘yicha kuchi 100 kilogramm bo‘lgan sinov portlashni amalga oshirdi hamda suv osti kemasining yo‘qolishi chog‘ida yuz bergan portlash bundan ham kuchliroq bo‘lganini aniqladi. Bu haqda Todo Noticias telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Argentina Mudofaa vazirligidan bo‘lgan mutaxassislar kuchi 100 kilogramm trotil bo‘lgan portlashni 40 metrlik chuqurlikda amalga oshirishdi. Ular bu portlash tovushini suv osti kemasi yo‘qolgan hududda avval qayd etilgan tovush bilan taqqoslash niyatida bo‘lganlar.

Yadro sinovlarini umumiy taqiqlash to‘g‘risidagi Shartnoma bo‘yicha Tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, tanlangan joy «portlashga o‘xshash bo‘lgan kuchli hodisa» qayd qilingan yerga mos tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi bo‘yicha bayonot bergandi. Argentina harbiy-dengiz kuchlari vakili Enrike Balbining ma'lum qilishicha, qutqaruvchilar izsiz g‘oyib bo‘lgan «San-Xuan» suv osti kemasi ekipajining omon qolgan a'zolarini qidirishdan to‘xtagan.

Mavzuga oid
Top