08:39 / 05.12.2017
4888

Zimbabvening yangi hukumati qasamyod keltirdi

Foto: Interfax

Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva 4 dekabrda mamlakat vazirlar mahkamasining kasamyod keltirishi marosimini o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Hukumat tarkibiga 22 vazir va alohida viloyatlar ishlari bo‘yicha 10 vazir kirdi. Ta'kidlanishicha, hukumat tarkibidan ko‘p miqdorda harbiylar o‘rin olgan.

Misol uchun, mamlakatning sobiq prezidenti Roberte Mugabe vaqtida harbiy-havo kuchlari boshlig‘i lavozimini egallagan Perens Shiri qishloq jo‘jaligi va yer ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlandi. Shuningdek, Zimbabvedagi yaqinda yuz bergan voqealarda faol rol o‘ynagan general Sibusiso Moyo tashqi ishlar vaziri bo‘ldi.  

Mnangagva qasamyod keltirish marosimidan keyin mamlakatning ichki siyosatida ustuvor vazifa mamlakatning nochor ahvoldagi iqtisodiyotini tiklash bo‘lishini aytgan.

Mavzuga oid
Top