19:20 / 06.12.2017
17548

“Eng namunali oila” ko‘rik tanlovining Respublika final bosqichi

Foto: Fotolia

Tanlov 10 ballik tizimda 3 ta shart bo‘yicha baholanadi. Unga ko‘ra, “Oilalarning tanishtiruv chiqishlari” (ishtirokchilar o‘z oilasi tarkibi, kasb-kori, oila a'zolarining sevimli mashg‘uloti, er-xotinning oila qurish jarayoni, qaynona-kelin munosabatlari, farzandlarning go‘zal axloq, ilmu-ma'rifat, jismoniy va ruhiy uyg‘unlikda kamolga yetkazishi, nabiralar tarbiyasidagi hayotiy tajribasi, oiladagi an'ana va qadriyatlari to‘g‘risida hayotiy misollar asosida qiziqarli tarzda bayon qiladi), “Biz kitobxon oilamiz” (oila kutubxonasi, dunyoqarashining kengligida, ularning mafkuraviy tahdidlar, xususan “ommaviy madaniyat” tahdidlariga qarshi kurasha oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lishi, shuningdek, farzandlarning turli yutuqlarga erishuvida kitobning ahamiyati yuzasidan tezkor savol-javoblar), “Oila mustahkamligi – yurt tinchligi” mavzusida videorolik tayyorlash (oilaviy hayotda uchraydigan loqaydlik, oilada er-xotin qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilik, ayollarga bepisand qarash, chet elga ish izlab ketish, to‘y-hashamlardagi ortiqcha dabdababozlik, yoshlarni diniy ekstremizm, jinoyat yo‘liga kirib ketishi kabi muammoli voqeiy holatlarning oldini olish yuzasidan) shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari va faol ishtirok etgan oilalarga “Kitobsevar oila”, “Sportchi oila”, “Ishbilarmon oila”, “Mehribon qaynona”, “Ahil oila”, “Saxovatli oila”, “Ibratli kelin”, “Fayzli oila” nominatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Top