10:29 / 06.12.2017
8396

Ichki ishlar va OAV vakillari ShIIBB boshlig‘i kubogi uchun futbol uchrashuvi o‘tkazdi

5 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoa va OAV jamoasi, jumladan, KUN.UZ vakillari o‘rtasida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan mini-futbol bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Toshkentdagi Oliy o‘quv yurtlararo sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv avvalida o‘yinchilar tantanavor ravishda usti yopiq maydonga kirib kelishdi, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV orkestri ijrosida davlat madhiyasi yangradi. 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining bosh sovrini uchun o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinini FIFA hakami Sherzod Qosimov boshqardi. 

Mazkur o‘yin shaharda va O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hukumat idoralari va OAV o‘rtasida ochiqlik, shaffoflik va hamkorlikni targ‘ib qilish yo‘lidagi qadamlardan biri ekani ta'kidlandi. 

Uchrashuv 5-3 hisobida OAV jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi, o‘yindan so‘ng musobaqa g‘olib va ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan mukofotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Taqdimot marosimidan so‘ng jamoalar birgalikda esdalik uchun suratga tushdi. 

Foto: KUN.UZ jamoasi kubok bilan

 

Top