21:40 / 06.12.2017
11785

Suriya IShIDdan to‘la ozod etildi

Foto: AFP

Suriyada IShIDga tegishli hudud qolmadi va mamlakat jangarilardan to‘la ozod etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga asoslangan holda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, general Xasan Suxelning harbiylari va ko‘ngillilardan iborat 5-shturm korpusi Dayr-az-Zorda jangarilarning oxirgi qismlarini yakson etgan va Solihiya, Al-Xreyt, Al-Katya hamda Musalah aholi punktlarini ozod qilgan. Shundan so‘ng, bu qo‘shinlar janubdan hujum qilib kelgan Suriya hukumati armiyasi bilan birlashgan.

«Shu tariqa, bugungi kunga kelib Suriyada IShID nazoratidagi bitta ham punkt qolmadi», — degan Bosh shtab boshlig‘i.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu oliy qo‘mondon, prezident Vladimir Putinga bu haqda hisobot bergan.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top