2017 yilda 5 yillik tayyorgarlik poyoniga yetdi. 2012 yilda kontsept sifatida namoyiş etilgan Lamborghini Urus yöltanlamasi seriyali işlab çiqariladi. Motor.ru uning taqdimot marosimida böldi.

Hozirgi Urus maşhur LM 002 yöltanlamasining birgina öxşaş tomoni «Lamborghini» va «yuqori ötuvçanlik» iboralaridadir. Agar LM 002 armiya maşinasini umumiy foydalanişga moslaştiriş böyiça uriniş bölsa, Urus – tom ma'noda marketing mahsulotidir. 

Foto: Lamborghini Urus

Sant-Agata-Bolonezeda uşbu maşina uçun alohida zavod qurildi. Lamborghini işlab çiqariş maydoni ikki baravarga kengaydi. Lamborghini 2019 yilda hozirgi 3 500 dona örniga yiliga 7 000 nusxa maşina sotişni rejalaştirmoqda. 

Qisqa qilib aytganda Urus – bu Audi Q7 va Porsche Cayenne örtasidagi avtomobildir. Ammo ikkisidan tezroq va ajoyibroqdir. Krossover MLB Evo platformasida işlab çiqilgan. 

Foto: Lamborghini Urus

Unga hozirça 4.0 l hajmli ikki kuçaytirgiçli V8 dvigateli örnatiladi. Urus, asosan Xitoy bozori işlab çiqilişi e'tiborga olinsa, bu mamlakat ekologiya va soliq me'yorlariga töla javob beradi. 

Aytiş joizki, bugungi dunyodagi eng tez krossoverdir. 650 ot kuçiga ega dvigatel maşinani 3,6 soniyada soatiga 100 km tezlikka çiqaradi. 

Foto: Lamborghini Urus

Bundan taşqari boşqaruv elektronikasidagi tartiblarning qariyb yarmi asfaltsiz yöllarga moslaştirilgan. Xususan, Tamburo («baraban») tanlagiçi orqali Strada, Sport va Corsa, Terra (yölsizlik), Sabbia (qum) va Neve (qor) tartiblarini .

Uşbu tartiblardan qaybiri tanlanişidan kelib çiqqan holda klirens, dvigatel va transmissiya sozlamalari özgaradi. 

Foto: Lamborghini Urus