09:15 / 06.12.2017
5009

“Tozalash-Antiterror”: Toshkentda 5,1 mln so‘mni o‘g‘irlagan 2 shaxs ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, 2017 yilning 30 noyabr kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar vaqt oralig‘ida muqaddam sudlangan M.J. va R.G. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro D.X.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 5.120.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanliklari aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Guvd.uz

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.  

Top