11:29 / 06.12.2017
19853

«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi

Foto: Toshkent viloyati IIB

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari respublikamizning barcha go‘shalarida o‘tkazib kelinmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati IIB boshlig‘i polkovnik S.A.Nishanbayev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.R.Bobojonovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Foto: Toshkent viloyati IIB

Tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyati hududida fuqarolarning osoyishtaligi va tinchligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda o‘z xizmat vazifalariga vijdonan va sidqidildan yondoshganliklari uchun «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonlari bilan mukofotlangan xodimlarni taqdirlash hamda xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlarini topshirish marosimlariga ulanib ketdi. Ularga viloyat IIB nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB
Foto: Toshkent viloyati IIB

Shuningdek, xalq ardog‘idagi san'atkorlar va yosh xonandalarning chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Top