21:00 / 07.12.2017
26261

2018 yil rangi e'lon qilindi: Pantone versiyasi

Pantone instituti 2018 yil rangini tanladi - bu "ultrabinafsha". Institut vitse-prezidenti Lauri Pressmanning so‘zlariga ko‘ra, "ultrabinafsha" - bu "qiziqqon qizg‘ish-siyohrang va kuchli indigo-binafsha ranglar ittifoqi". Pressmanning ta'kidlashicha, ushbu rang sirli va o‘ychan, u Provansning gullar to‘la dalalarini yodga soladi. 

O‘tgan yilning xuddi shu vaqtida Pantone instituti 2017 yilning asosiy rangi sifatida Greenery nomini olgan och yashil rangni e'lon qilgandi. Institut vakillari bu rangni tabiatning uyg‘onishi va hayotning yangilanishi bilan bog‘lashgan. Pantone'ga ko‘ra, o‘tayotgan yil rangi inson va tabiat uyg‘unligini ifodalaydi.

 

Mavzuga oid
Top