23:46 / 07.12.2017
12993

AQShdagi maktablardan birida otishma ro‘y berdi, qurbonlar bor

Foto: SUBMITTED TO KRQE BY SAMANTHA GURULE

AQShning Nyu-Meksiko shtatida joylashgan maktabda otishma ro‘y berdi. CBS News shu haqida xabar berdi.

Maktabda evakuatsiya o‘tkazilgan. Politsiya fuqarolardan voqea sodir bo‘lgan joyni chetlab o‘tishni so‘ragan.

Otishma natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, ulardan biri o‘q uzgan kishining o‘zi bo‘lgan. 

Halok bo‘lganlarning 2 nafari o‘quvchi ekani aytilmoqda. 

Shuningdek ma'lum qilinishicha, otishma natijasida 15 kishi jarohatlangan.

 

Mavzuga oid
Top