13:10 / 07.12.2017
8286

«Arsenal», «Atletiko», «Borussiya» va «Napoli». Yevropa Ligasida eng zo‘r mavsum

Yevropa Ligasining bu mavsumida kuchli jamoalar jamlanishdi.

Turnirning 1/16 finaliga bu mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidan bir qator kuchli jamoalar kelib qo‘shildi. 

• «Napoli». Sarrining taktik yangiliklariga qaramay, italyanlar guruhda «Manchester Siti» va «Shaxtyor»dan ortda qolishdi.
• Dortmundning «Borussiya»si. Peter Bos jamoani kuchaytira olmadi, balki u fevralgacha vaziyatni o‘nglar? 
• «Atletiko». Mavsum qiyin o‘tmoqda: juda ko‘p durang va juda kam gol, Grizmanndagi tushkunlik. Natijada, Diyego Simeone hatto «Qorabog‘»ni yenga olmadi (0:0 i 1:1). Madridliklar o‘ziga kelganida kech bo‘lgandi «Roma» ustidan g‘alaba va «Chelsi» bilan safardagi durang foyda keltirmadi. 

Shuningdek, YeChLda uchinchi o‘rinlarni egallagan «RB Leyptsig», «Seltik», «Sporting» «Spartak» va TsSKA jamoalari ham Yevropa Ligasida qatnashadi.

Yevropa Ligasining o‘zida ishtirok etayotgan va guruhdan chiqqan jamoalar ham turnirning tomoshabopligini oshira oladigan nomlar – «Arsenal», «Milan», «Lion», «Latsio», «Zenit», «Dinamo» Kiyev, «Real Sosedad». 

Yevropa Ligasiga munosabat o‘zgarib bormoqda. Buni Joze Mourino misolida ham ko‘rish mumkin. 

2013 yil: «Men Yevropa Ligasida o‘ynashni istamayman. Meni bunday turnirdagi g‘alabalar xursand qila olmaydi. Mening futbolchilarim Yevropa Ligasi turnirini o‘z darajasidagi turnir deb bilishini istamayman». 

2017 yil: «Bu «Manchester Yunayted» hali g‘alaba qilmagan yagona turnir edi. Endi biz dunyodagi barcha nufuzli turnirlarda g‘olib chiqqanmiz deya olishimiz mumkin». 

Bularning bari turnir formatidagi evolyutsiya tufaylidir: 2015 yildan boshlab Yevropa Ligasi g‘olibi Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishi mumkin bo‘ldi. Avtomatik ravishda – saralashning pley-off bosqichiga.

Top