07:22 / 07.12.2017
45385

Foto: Pley-offga chiqqan barcha jamoalar

5-6 dekabr kunlari guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

A guruhida birinchi 2 o‘rinni «Manchester Yunayted» va «Bazel» egalladi va bu jamoalar Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtiroklarini davom ettiradigan bo‘ldi, 3-o‘rinni olgan TsSKA Yevropa ligasi pley-off bosqichida o‘ynaydi.

V guruhidan keyingi bosqichga «PSJ» va «Bavariya» yo‘l oldi, «Seltik» Yevropa ligasida o‘yinlarni davom ettiradi.

S guruhidan pley-offga «Roma» va «Chelsi» chiqdi, «Atletiko» Yevropa ligasiga ravona bo‘ldi.

D guruhidan Chempionlar ligasi nimchorak finaliga «Barselona» va «Yuventus» yo‘l oldi, «Sporting» Yevropa ligasida o‘z kuchini sinab ko‘radi.

Ye guruhidan keyingi bosqichga «Liverpul» va «Sevilya» yo‘l olgan, «Spartak» Yevropa ligasiga.

F guruhining pley-off bosqichidagi vakillari «Manchester Siti» va «Shaxtyor», «Napoli» Yevropa ligasida qatnashadi.

G guruhidan «Beshiktosh» va «Portu» keyingi bosqichga yo‘l oldi, «Leyptsig» Yevropa ligasi ishtirokchisi.

N guruhida «Tottenhem» va «Real» birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi, Dortmundning «Borussiya»si esa Yevropa ligasida o‘z baxtini sinab ko‘radi.

Chempionlar ligasi tarixida ilk bor pley-off bosqichida bir davlatning 5 klubi o‘ynaydi. Bular ingliz klublaridir: «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenhem».

Shu tariqa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga quyidagi jamoalar yo‘l oldi:

Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlash Shveytsariyaning Non shahrida 11 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Pley-off bosqichi 1/8 finalining birinchi o‘yinlari 2018 yil 13, 14, 20 va 21 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 6, 7, 13 va 14 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa finali 2018 yil 26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top