Kun.uz tahririyati viloyatlar bo'ylab safarlarni davom ettiradi, yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatiga safar rejalashtirilgan. Safar davomida viloyat rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazish maqsad qilingan. Viloyat aholisi rahbariyatga savol, taklif yoki shikoyatlarini sayt orqali yo'llashi mumkin bo'ladi.

Viloyat hokimi Erkin Turdimov bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda aholini ko'proq qiziqtirgan savollarga javob olish va dolzarb muammolarga e`tibor qaratish ko'zda tutilgan. Tilga olinmagan savol, taklif va shikoyatlar viloyat hokimining qo'liga topshiriladi.

Savol, taklif va shikoyatlarni qabul qilish vaqti chegaralangan.

Murojaatlarni ushbu havola orqali yoki info@kun.uz elektron manziliga yuborish mumkin!