Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo'g'an bilan suhbatlashdi va u bilan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish masalasini muhokama qildi. Kreml matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

"Ikki tomondan ham AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishga doir qarori va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan u yerga ko'chirish rejasi haqida e`lon qilishiga jiddiy xavotir bildirildi. Bunday qadamlar Yaqin Sharqning tinchlik jarayoni  istiqbollarini yo'qqa chiqarishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Tomonlar shuningdek mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishga yo'l qo'ymaslik kerakligini ta`kidlab, Rossiya va Turkiyaning Yaqin Sharq inqirozini BMT Xavfsizlik Tashkiloti va Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari asosida adolatli va munosib hal qilishiga sodiqligini tasdiqlashdi.