08:55 / 07.12.2017
6902

Toshkentda talonchilikning oldi olindi

Foto: Latina Lista

2017 yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, shu kuni soat taxminan 00:30larda T.U. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Uchtepa tumani hududida fuqaro T.D.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lgan "Huawei" rusumli uyali telefoni va 5.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olganligi aniqlanib, jinoyat sodir etilgan joydan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishga suiqasd etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top