8-14 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yengil atletika, suzish va pauerlifting sport turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida III Yoshlar Para-Osiyo uyinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nufuzli musobaqada 17 nafar o‘zbekistonlik yosh iqtidorli paralimpiya sportchisi vatanimiz sharafini ximoya etadi.
Bugun, 7 dekabr kuni terma jamoamiz a'zolari poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportdan Dubay shahriga jo‘nab ketishdi. Biz Para-Osiyo uyinlarida ishtirok etadigan yosh sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.