17:50 / 07.12.2017
6011

O‘zbekiston va Pokiston Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlandi

Foto: mft.uz

Joriy yilning 7 dekabr kuni Tashqi savdo vazirligida Pokiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar beradi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollariga tegishli masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shuningdek, navbatdagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga tegishli masalalar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Vakillar ikki davlat o‘rtasida agro texnika vositalarini yetkazib berish masalalariga ham to‘xtalib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta ikki mamlakat o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi 2011 yil Islomobod shahrida tashkil etilgandi. Bu gal ushbu yig‘ilish O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozircha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining navbatdagi tadbiri qachon o‘tkazilishi haqidan aniq ma'lumot berilmagan.

Top