17:44 / 07.12.2017
31997

Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini namoyish etdi

Foto: MI

Xiaomi  kompaniyasi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini rasman namoyish etdi. Qurilmalarni boshqa smartfonlardan ajratib turadigan asosiy jihati — 18 : 9 tomonlar nisbatiga ega va yon tomonlari deyarli hoshiyasiz zamonaviy ekran. Orqa panelda — barmoq izlari skaneri va bir kamera. Smartfon alyuminiydan ishlangan va u havorang, pushti, tillarang hamda qora ranglarda taqdim etiladi.

Qolgan xususiyatlari quyidagicha:

  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450 (Redmi 5), Snapdragon 625 (Redmi 5 Plus);
  • 1440 × 720 pikselli 5,7-dyuymli ekran (Redmi 5), 2160 × 1080 pikselli 5,99-dyuymli ekran (Redmi 5 Plus);
  • 2 yoki 3 Gb operativ xotira (Redmi 5), 3 yoki 4 Gb operativ xotira (Redmi 5 Plus);
  • 3 300 mAs sig‘imli akkumulyator (Redmi 5), 4 000 mAs (Redmi 5 Plus);
  • 16 yoki 32 Gb kenglik (Redmi 5), 32 yoki 64 Gb (Redmi 5 Plus);
  • Orqa kamera - 12 Mp, old kamera - 5 Mp.
Foto: MI

2 Gb operativ va 16 Gb ichki xotiraga ega Redmi 5 narxi taxminan 120 dollarga baholanmoqda. 3 Gb va 32 Gb'li model esa - taxminan 135 dollar. Redmi 5 Plus'ning boshlang‘ich narxi - 150 dollar atrofida (3 Gb va 32 Gb). 4 Gb va 64 Gb'li variant uchun esa taxminan 180 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi.

Smartfonlar hozircha faqat Xitoyda namoyish qilindi. Ular 12 dekabr kuni sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid
Top