17:19 / 08.12.2017
24791

Buxoroda hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatgan mushtumzo‘rlar qo‘lga olindi

Fuqarolar orasida shunday toifa shaxslar borki, ular o‘zlarining noqonuniy harakatlari, nojo‘ya qilmishlarini aniqlagan, o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan davlat organlari, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatib, ularni mensimasdan haqorat qilib, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, o‘zlarining mushtumzo‘rliklari tufayli oxir-oqibat javobgar bo‘lmoqdalar.

Buxoro viloyati IIBning KUN.UZ’ga xabar berishicha, Romitan tumani Majburiy ijro byurosi bo‘limi davlat inspektori Z. o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Dilrabo qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan H.T.ning xonadonida aniqlangan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aniqlangan huquqbuzarlik faktini tasdiqlash maqsadida dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida fuqaro H.T. unga faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur qilib, uni sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlab, haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan H.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shunga o‘xshash yana bir holat: Shofirkon tumani Zarchabek MFY, Zarchabek ko‘chasida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yo.M. Shofirkon tuman “Setlak” cho‘l massivida o‘z xizmat faoliyatini olib bora turib, o‘rmon xo‘jaligi dala maydonlarida o‘simlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy zarar yetkazishni oldini olishda ifodalangan xizmat vazifalari bilan bog‘liq qonuniy faoliyatini bajarayotgan vaqtida, Peshko‘ tumani, Yangiobod MFY, Ofandar qishlog‘ida yashovchi, I.N. va shu manzilda yashovchi S.R. o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yo.M.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uni urib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan holda, Yo.M.ning xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan I.N. va S.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid
Top