12:00 / 08.12.2017
9907

Yevropa Ligasida oxirgi tur. Barcha natijalar

7 dekabr oqshomida Yevropa Ligasida 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi va keyingi bosqichda ishtirok etadigan yana bir qator jamoalar nomlari ma'lum bo‘ldi.

Yevropa Ligasi, guruh bosqichi
6-tur
A guruhi

Qozog‘istonning «Astana» klubi Yevropa Ligasining oxirgi turida Praganing «Slaviya» klubi mehmoni bo‘ldi g‘alaba qozonib, guruhdan chiqdi. O‘yindagi yagona gol 38-daqiqada qozog‘istonliklar himoyachisi Marin Anichich tomonidan urildi. 

Parallel kechgan uchrashuvda «Makkabi» «Vilyarreal»ni mag‘lub etdi — 1:0.

Shu tariqa, «Astana» o‘z tarixida ilk marta turnirning pley-off bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi, «Slaviya» turnirni tark etdi. 

A guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Vilyarreal» — 11 ochko; 2. «Astana» — 10; 3. «Slaviya» — 8; 4. «Makkabi» — 4.

Slaviya Chexiya – Astana Qozog‘iston 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 38 Anichich.
Ogohlantirishlar: Sobol (42), Mujikov (53), Erich (78), Shitov (83), Stox (88), Netsid (90).

Vilyarreal Ispaniya – Makkabi Tel-Aviv Isroil 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Blekmen.
Makkabi Tel-Aviv –    Raykovich, Baben, Davidzada, Shpungin, Tibi, Perets, Rikan (Battokkio, 83), Mixa (Dasa, 72), Golasa, Blekmen (Atar, 90), Shenfeld.
Ogohlantirishlar: Tibi (14), Perets (33).

B guruhi
Kiyevning «Dinamo» klubi «Partizan»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Junior Morayes het-trik qayd etdi. Parallel kechgan uchrashuvda «Yang Boyz» va «Skenderbeu» o‘zaro o‘ynadi. 51-daqiqada albanlar Enis Gavazayning goli evaziga oldinga chiqishdi, ammo tezda shveysarlar javob qaytarishdi — Giyom Oaro gol muallifi. O‘yin oxirida Rojyer Assale «Yang Boyz»ga irodali g‘alaba keltirdi. 

B guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Dinamo» Kiyev — 13 ochko; 2. «Partizan» — 8; 3. «Yang Boyz» — 6; 4. «Skenderbeu» — 5.

Yang Boyz Shveytsariya – Skenderbeu Albaniya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 51 Gavazay, 1:1 – 55 Oaro, 2:1 – 90 Assale.
Ogohlantirishlar: Ngamale (4), Joss (16), Aliti (31), Demte (66), Oaro (72), Mitsi (89), Nimaga (90), Assale (90).

Dinamo Kiyev Ukraina – Partizan Serbiya 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 6 Morozyuk, 2:0 – 28 Morayes, 3:0 – 31 Morayes, 3:1 – 45, penalti Yevtovich, 4:1 – 77, penalti Morayes.
Ogohlantirishlar: Biler (40), Miletich (47), Morozyuk (62), Jyurichkovich (89), Shepelev (90).

C guruhi
«Hoffenhaym» «Ludogorets»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Filipp Oks avvaliga mezbonlarni oldinga boshlagandi, keyinroq Kristaldo Vanderson hisobni tenglashtirdi. Bu durang evaziga bolgarlar jamoasi C guruhini ikkinchi o‘rinda yakunladi va turnirning 1/16 finaliga chiqdi.

«Istanbul Bashakshehir» «Braga»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Lekin turklar guruhda uchinchi o‘rinda qolishdi.

C guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Braga» — 10 ochko; 2. «Ludogorets» — 9; 3. «Istanbul Bashakshehir» — 8; 4. «Hoffenhaym» — 5.

Hoffenhaym-1899 Germaniya – Ludogorets Bolgariya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 25 Oks, 1:1 – 62 Kristaldo.
Ogohlantirishlar: Bichakchich (28), Natanael (33), Sisino (64), Jul (66), Nordtveyt (78), Vura (79), Dyakov (80).
Chetlatish: Kesheryu (83).
 
Istanbul Turkiya – Braga Portugaliya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 10 Vishcha, 1:1 – 55 Raul Silva, 2:1 – 77, penalti Belezo‘g‘li.
Ogohlantirishlar: Raul Silva (45), Jyefferson (66), Vukchevich (73), Belezo‘g‘li (89).

D guruhi
«Austriya» Afinaning AYeK klubini qabul qildi. «Ernst Xappel» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Bu o‘yinda ikkinchi o‘yin masalasi hal etildi. Turnirning pley-off bosqichiga chiqish uchun greklarga durang natija kifoya edi va AYeK bunga erishdi.

Parallel tarzda kechgan ikkinchi uchrashuvda «Riyeka» o‘z maydonida «Milan»ni mag‘lub etdi - 2:0. Xorvatlar 5 turdan keyin pley-offdan umid uzgan, italyanlar esa 1/16 final yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilib bo‘lgandi. Shu tufayli «Milan» bu o‘yinga ikkinchi tarkibni tushirdi. Qayd etish kerakki, bu milanliklar jamoasining Jyennaro Gattuzo boshchiligidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha «rossoneri» yangi murabbiy bilan faqat bir marta o‘yin o‘tkazgan, Italiya chempionati doirasida «Benevento»ga qarshi o‘yinda durang natija qayd etilgandi - 2:2.

D guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Milan» — 11 ochko; 2. AYeK — 8; 3. «Riyeka» — 7. 4. «Austriya» — 5.

Riyeka Xorvatiya – Milan Italiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Pulich, 2:0 – 47 Gavranovich.
Ogohlantirishlar: Andre Silva (32), Malesh (43), Antonelli (66), Lokatelli (78).

Austriya Avstriya – AYeK Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Vranesh (43), Chigrinskiy (67), Alxassan (69), Bakakis (75).

Ye guruhi
E guruhida «Atalanta» va «Lion» muddatidan oldin pley-offga chiqib bo‘lgandi, «Apollon» va «Everton» esa keyingi bosqichdan umid uzgandi. Oxirgi turda «Everton» «Apollon»ni safarda yirik hisobda yengdi (3:0), «Atalanta» «Lion»dan ustun keldi (1:0).

E guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Atalanta» — 14 ochko; 2. «Lion» — 11; 3. «Everton» — 4; 4. «Apollon» — 3.

Atalanta Italiya – Lion Fransiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Petanya.
Ogohlantirishlar: Froyler (33), Toloi (55).

Apollon Kipr – Everton Angliya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 21 Lukman, 0:2 – 28 Lukman, 0:3 – 87 Vlashich.
Ogohlantirishlar: Baningime (73), Sachetti (78).

F guruhi
«Lokomotiv» Chexiyada «Fastav» mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, pley-offga chiqdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda «Kopengagen» «Sherif»ni mag‘lub etdi — 2:0.

Shu tariqa, «Lokomotiv» F guruhi g‘olibi sifatida keyingi bosqichga chiqdi, «Kopengagen» o‘zaro uchrashuvdagi g‘alaba evaziga «Sherif»ni ortda qoldirdi.

F guruhidagi yakuniy vaziyat: 1. «Lokomotiv» — 11 ochko; 2. «Kopengagen» — 9; 3. «Sherif» — 9; 4. «Fastav» — 2.

Fastav Zlin Chexiya – Lokomotiv Rossiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 70 Miranchuk, 0:2 – 75 Farfan.
Ogohlantirishlar: Miranchuk (4), Gronek (45), Gayich (52), Gnanichek (65), Miranchuk (90), Traore (90).
Chetlatish: Gayich (57).

Kopengagen Daniya – Sherif Moldova 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 56 Soteriu, 2:0 – 59 Lyuftner.
Ogohlantirishlar: Kristiano (37), Kulushich (44), Raku (45), Zeka (48), Sushich (71).
Chetlatish: Maseda (69).

G guruhi
G guruhi yetakchilari «Styaua» va «Viktoriya Plzen» oxirgi turda guruhdan kim birinchi o‘rin bilan chiqishiga oydinlik kiritishdi. «Styaua» «Lugano»ga yutqazdi (1:2), «Viktoriya Plzen» safarda «Xapoel»dan ustun keldi. Shu tariqa, pley-offga chexlar birinchi o‘rin bilan chiqadigan bo‘lishdi.

G guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Viktoriya Plzen» — 12 ochko; 2. «Styaua» — 10; 3. «Lugano» — 9; 4. «Xapoel» B-A — 4.

Xapoel Isroil – Viktoriya Plzen Chexiya 0:2 (0:1, 0:1)
Ogohlantirishlar: Eynbinder (53), Braun (55), Grushka (62), Krmenchik (68), Limberski (75), Taa (76), Chermak (80).

Styaua Ruminiya – Lugano Shveytsariya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 3 Daprela, 0:2 – 32 Vechei, 1:2 – 60 Gnoere.
Ogohlantirishlar: Kovachich (35), Belashe (71), Nedelku (72), da Kosta (89).

H guruhi
Londonning «Arsenal» klubi Yevropa Ligasining 6-turida BATE ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi — 6:0. O‘yindagi gollarga Matyo Debyushi, Teo Uolkott, Jyek Uilshir, Olive Jiru va Muhammad El-Nenni mualliflik qilishdi. Bundan tashqari, belaruslar jamoasi himoyachisi Denis Polyakov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 

Parallel kechgan uchrashuvda «Tsrvena Zvezda» «Kyoln»ni qabul qildi. O‘yinning 22-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Slavolyub Srnich urgan gol yagonaligini saqlab qoldi. «Arsenal» 4 turdan keyinoq guruh masalasini hal qilgandi. BATE va «Kyoln» guruhdan chiqa olmadi. Keyingi bosqichda «Tsrvena Zvezda» o‘ynaydi. 

H guruhidagi yakuniy holat: 1. «Arsenal» — 13 ochko; 2. «Tsrvena Zvezda» — 9; 3. «Kyoln» — 6; 4. BATE — 5.

Arsenal Angliya – BATE Belarus 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Debyushi, 2:0 – 37 Uolkott, 3:0 – 43 Uilsher, 4:0 – 51, avtogol Polyakov, 5:0 – 64, penalti Jiru, 6:0 – 74 El-Nenni.

Tsrvena Zvezda Serbiya – Kyoln Germaniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 22 Srnich.
Ogohlantirishlar: Savich (30), Srnich (48), Yoyich (65), Sorensen (67), Lemann (73).

I guruhi
«Marsel» «Velodrom»da «Red Bull Zaltsburg» bilan durang o‘ynadi - 0:0. Bu natija evaziga fransuzlar jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, 1/16 finalga chiqdi.

I guruhining ikkinchi uchrashuvida «Vitoriya Gimaraynsh» «Konyaspor» bilan durang o‘ynadi (1:1).

I guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Red Bull Zaltsburg» — 12 ochko; 2. «Marsel» — 8; 3. «Konyaspor» — 6; 4. «Vitoriya Gimaraynsh» — 5.

J guruhi
«Atletik» Lvovda «Zaryu»ni yengdi — 2:0. Bilbao jamoasiga Arits Aduris va Raul Garsiyaning gollari g‘alaba keltirdi. J guruhida pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilib bo‘lgan Shvetsiyaning «Estersund» klubi Germaniyada «Herta» bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Shu tariqa, «Atletik» guruhda birinchi o‘rinni egalladi, «Estersund» ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqadigan bo‘ldi.

J guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Atletik» — 11 ochko; 2. «Estersund» — 11; 3. «Zarya» — 6; 4. «Herta» — 5.

Zarya Ukraina – Atletik Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 70 Aduris, 0:2 – 86 Raul Garsiya.
Ogohlantirishlar: Nunes (16), Lunev (42), Andriyevskiy (50), Kabayev (82).

Herta Germaniya – Estersund Shvetsiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 58 Papayannopulos, 1:1 – 61 Pekarik.
Ogohlantirishlar: Edvards (55), Lustenberger (73), Vayzer (90).

K guruhi
«Zyulte-Varegem» «Latsio» bilan o‘ynadi. «Regenbogstadion»da kechgan uchrashuv maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi 3:2. Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Vitess» «Nitstsa»ni yengdi - 1:0. «Latsio» va «Nitstsa» avvaldan birinchi va ikkinchi o‘rin masalasini hal qilib bo‘lgandi va oxirgi turdagi o‘yinlar natijalari hech narsani o‘zgartirmadi.

K guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Latsio» — 13 ochko; 2. «Nitstsa» — 9; 3. «Zyulte-Varegem» — 7; 4. «Vitess» — 5.

Zyulte-Varegem Belgiya – Latsio Italiya 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 6 de Po, 2:0 – 60 Elen, 2:1 – 67 Kaysedo, 2:2 – 76 Leyva, 3:2 – 83 Leyya-Iseka.
Ogohlantirish: Uelsh (75).

Vitess Gollandiya – Nitstsa Fransiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 84 Kastaynos.
Ogohlantirishlar: Leliveld (40), Srarfi (55), Makengo (68).

L guruhi
«Zenit» Ispaniyada «Real Sosedad» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Bu g‘alaba evaziga «Zenit» L guruhi g‘olibi sifatida, «Real Sosedad» ikkinchi o‘rin bilan turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Makedoniyaning «Vardar» va Norvegiyaning «Rusenborg» klublari durang o‘ynashdi — 1:1.

L guruhida turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Zenit» — 16 ochko; 2. «Real Sosedad» — 12; 3. «Rusenborg» — 5; 4. «Vardar» — 1.

Real Sosedad Ispaniya – Zenit Rossiya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 35 Yeroxin, 1:1 – 58 Villian Joze, 1:2 – 64 Ivanovich, 1:3 – 85 Paredes.
Ogohlantirishlar: Kranevitter (28), Yeroxin (76), Kanales (77).

Vardar Makedoniya – Rusenborg Norvegiya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Italo, 1:1 – 45, penalti Bendtner.
Ogohlantirish: Barsegyan (72).

Mavzuga oid
Top