Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyuezer “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya fuqaroligini olish istagi borligini aytdi. 

Meyuezerning aytishicha, u Rossiya fuqaroligini olishni sabrsizlik bilan kutmoqda. “Bugun menda Rossiyadagi yangi uyim bo'lishi mumkin bo'lgan uy-joy ko'rish imkoni bo'ldi, biroq hammasiga vaqt kerak”, deb aytgan bokschi.

Uning ta`kidlashicha, Rossiyada uni developerlik va bank bizneslari qiziqtiradi. “Men Rossiyada biznes olib borish, rossiyalik biznesmenlar bilan hamkor bo'lish imkoni, shu jumladan bank biznesiga investitsiyalar bo'yicha muzokaralar olib bormoqdaman”, deb aytgan Floyd.