16:12 / 08.12.2017
10311

“Qandim” massivida o‘g‘rilikka qo‘l urgan bir guruh shaxslar aniqlandi

Foto: Earth911.com

Buxoro shahrida yashovchi, “Inter-Injiniring” kompaniyasi xavfsizlik xizmati yetakchi mutaxassisi M.R. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs Qorako‘l tumani, Dehqonobod MFY hududida joylashgan “Inter-Injiniring” kompaniyasining «Porsanko‘l» yangi ko‘prik  qurilishi obektida bo‘lgan vagonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, vagonda bo‘lgan har birining bahosi 2.503.000 so‘mdan bo‘lgan jami 7.509.000 so‘mlik uch dona «Artel Montana ART-12 NM» rusumli konditsionerlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, 1991 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Qandim cho‘l massivida qurilish ishlarini olib borayotgan “Nukus grant qurilish” korxonasida ishlovchi A.G‘., 1994 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Qandim cho‘l massividagi “Inter-Injinering” kompaniyasida xavfsizlik xizmati xodimi Sh.Ya., 1991 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, yakka tartibda ishlaydigan R.T. hamda 1980 yilda tug‘ilgan, Osiyo MFYda yashovchi, Yomonjar nasos stansiyasi ishchisi Q.B. sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan uch dona «Artel Montana ART-12 NM» rusumli konditsionerlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.G‘., Sh.Ya., R.T. hamda Q.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Top