Suriyada taxminan 2 ming, Iroqda esa 5,2 ming amerikalik harbiy bor. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt jurnalistlar uchun brifingda ma`lum qildi. 

“Iroqda taxminan 5,2 ming, Suriyada 2 ming harbiy bor. Balki ko'proq yoki kamroqdir”, deb aytgan Uayt.

Uning aytishicha, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bu ma`lumotlar ommaga ma`lum bo'lishini qo'llab-quvvatlamoqda, biroq bu masalada “harbiylarni qabul qilayotgan davlatlarni hurmat qilish” hamda “xavfsizlikka” amal qilish kerak. 

Avvalroq Suriyada 500 dan sal ko'proq amerikalik harbiy borligi ta`kidlangan. Uaytning aytishicha, Suriyada IShIDga qarshi kurash hali yakunlanmagan.