09:58 / 08.12.2017
4893

Polsha bosh vaziri iste'foga chiqdi

Foto: Yves Herman / Reuters

Polsha bosh vaziri Beata Shidlo iste'foga chiqdi. Uning arizasi qabul qilindi. Bu haqda Polshaning yetakchi Huquq va adolat partiyasi (PiS) vakili Beata Mazurekka iqtibos keltirgan holda Polsha matbuot agentligi ma'lum qildi.

Mazurekning aytishicha, Polsha bosh vaziri lavozimiga moliya va rivojlanish vaziri Mateush Moravetskiy nomzodi bildirildi.

Shidloning iste'foga ketishiga uning boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirilishi sabab bo‘lgan.

Shidlo 2015 yil noyabrdan bosh vazir lavozimini egallab kelgan.

Top