09:24 / 08.12.2017
6042

“Tozalash-Antiterror”: Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi

2017 yilning 5 dekabr kuni soat 19:00larda muqaddam sudlangan A.L. Olmazor tumani, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan uyning yonida fuqaro D.X. tegishli bo‘lgan «Lada-21099» rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligi, shuningdek uning eshiklari qulflanmagan holatda va kaliti o‘t oldirish joyida ekanligidan foydalanib, uni olib qochgan.

2017 yil 6 dekabr kuni, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, A.L. Yunusobod tumani hududida ushlanib, undan D.X.ga tegishli bo‘lgan avtomashina rasmiylashtirib olingan.

Foto: Guvd.uz
Foto: Guvd.uz

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top