18:30 / 08.12.2017
14164

Jahon chempionati o‘rniga diskvalifikatsiya. Perulik futbolchi qonida kokain topildi

Foto: Reuters

Peru terma jamoasi sardori Xose Paolo Gerrero o‘z termasi safida JCh-2018 musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.

FIFA rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, Gerrero bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. Unga bir yil davomida istalgan turdagi futbol musobaqalarida (o‘rtoqlik uchrashuvlari bilan qo‘shilib) ishtirok etish taqiqlandi.

Futbolchining qonidan kokain metaboliti – benzoilekgonin moddasi topilgandi. Bu sport musobaqalarida ishtirok etadigan sportchi uchun taqiqlangan modda sanaladi. Gerreroning doping testi Argentinaga qarshi 5 oktabrda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ijobiy natija bergandi.

Diskvalifikatsiya oldingi sana 3 noyabrdan boshlab hisobga olinadi. O‘shandan boshlab futbolchi vaqtinchalik musobaqalarda ishtirok etmay kelayotgandi.

Top