10:29 / 09.12.2017
18738

Boshini mikroto‘lqinli pechda «sementlab» qo‘ygan bloger mushkul ahvolga tushib qoldi 

Skrinshot: Youtube

Buyuk Britaniyaning Vulverhempton shahrida yashovchi 22 yoshli videobloger o‘z boshini mikroto‘lqinli pechda «sementlab qo‘ydi» va mustaqil ravishda chiqara olmadi. U o‘t o‘chiruvchilarni yordamga chaqirishga majbur bo‘ldi.

Erkak yetti qop shpaklyovkani aralashtirgan va bu qorishmani mikroto‘lqinli pechga quygan. U boshiga paket kiyib oldi, unda nafas olish uchun maxsus trubka bo‘lgan. So‘ng videobloger boshini shaklga tiqdi hamda qorishma qotishini kuta boshladi. Jarayon tezlashishi uchun erkakning do‘stlari uni fen bilan ham quritishdi.

Britaniyalik mikroto‘lqinli pechni quyish uchun shakl sifatida qo‘llamoqchi bo‘lgan, biroq mustaqil ravishda boshini chiqara olmadi. Do‘stlari bunga bir yarim soat sarflashdi, biroq uddalashmadi, oxiri ular o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishgan.

Navbatchi smena boshlig‘i Shon Deykinning ma'lum qilishicha, «bu kulgili holat bo‘lishiga qaramay, erkak bo‘g‘ilib qolishi yoki jiddiy jarohatlar olishi mumkin edi». Mikroto‘lqinli pech yechib olindi, biroq, o‘t o‘chiruvchilar amaliyotni to‘g‘ri bajarish maqsadida favqulodda holatlar bilan shug‘ullanuvchi qutqaruvchilarga qo‘ng‘iroq qilishdi. Bu jarayonga taxminan bir soat vaqt ketdi.

“Biz uning boshidan katta shpaklyovka bo‘lagini otvyortka yordamida chiqarib olganimizdan so‘ng, u ancha yengil tortdi va nafas olishi osonlashdi. Biroq biz juda ehtiyotkorlik bilan ishladik, sababi otvyortka uning boshiga juda yaqin edi. Biz uni ozod etish uchun bir soat vaqt sarfladik. Biroq, bu holat tufayli biz insonlar haqiqatdan ham og‘ir ahvolga tushib qolgan joylarga yetib bora olmadik”, - dedi navbatchi smena boshlig‘i Shon Deykin.

O‘t o‘chiruvchilar bu ishni tvitterdagi sahifada ham qoralashdi. Prankerning Youtube’da o‘z kanali bor. U bunga qadar vannada o‘z ustidan qurilish ko‘pigini quygan, chili qalampirida cho‘milgan, shuningdek bir kun muzlatkichda o‘tirgan. 

Mavzuga oid
Top