07:20 / 10.12.2017
17312

Arab davlatlari AQShdan qarorini bekor qilishni talab qildi

© RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Arab davlatlari ligasi (ADL) tashqi ishlar vazirlari kengashining Qohiradagi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, arab davlatlari AQShdan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini bekor qilishni talab qilishdi.  

“Kengash AQShdan Al-Quds bo‘yicha qarorini bekor qilishni talab qiladi va Isroilni 1967 yil 4 iyundan boshlab falastin va arab yerlarini noqonuniy egallab olishini to‘xtatish uchun xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda BMT rezolyutsiyasini bajarishga majbur qilmoqchi”, deb aytilgan ADL bayonotida.

AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qilgandi.

Arab davlatlari fikricha, bu qaror xalqaro huquq tamoyillarini buzadi va BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalariga zid keladi. “Bu qarorning hech qanday qonuniy natijasi yo‘q, u faqatgina tinchlikka erishish bo‘yicha sa'y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi, keskinlikni  avj oldiradi, yanada ham ko‘proq adovatni vujudga keltiradi va butun Yaqin Sharqni zo‘ravonlik, tartibsizliklar, qon to‘kilishi va beqarorlik jariga qulatish bilan xavf soladi”, deb aytdilar arab davlatlari vazirlari. 

Shuningdek, ADL va Islom hamkorligi tashkiloti AQShning Al-Quds bo‘yicha qaroriga qarshi birgalikdagi axborot kampaniyasini boshlamoqchi. Bu kampaniyadan maqsad xalqaro hamjamiyatga Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishining xavfli ekanligini isbotlashdan iborat.  

“ADL kengashi Islom hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda ADLning bosh kotibiyatiga AQShning qarori, Isroilning Al-Qudsdan musulmonlarni ham, nasroniylarni ham siqib chiqarishga qaratilgan harakatlari xavfli ekanini tushuntirish bo‘yicha xalqaro axborot kampaniyasini boshlashni tashkillashtirish vazifasini topshirdi”, deb aytilgan xabarda.

Bundan tashqari, ADL Al-Quds aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun Al-Quds va Al-Aqso jamg‘armasini moliyalashtirishni ko‘paytirishga chaqirdi.

Mavzu
Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishi

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusning Isroil poytaxti deb tan oldi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Quddusga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Barchasi
Top