12:00 / 10.12.2017
28727

Butun dunyoda yiliga qancha pora berilishi hisoblab chiqildi

Birlashgan millatlar tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, yiliga butun dunyo bo‘ylab beriladigan poralar hajmi 1 trillion dollarni tashkil etadi.

BMT Taraqqiyot dasturiga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya holatlari tufayli yiliga 2,6 trillion dollar mablag‘ yo‘qotadi. 

«BMT poraxo‘rlik — jiddiy jinoyat ekanini, bu ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jiddiy zarar yetkazishini eslatib o‘tadi. Hech bir mamlakat, hech bir mintaqa korrupsiyadan sug‘urtalanmagan»,— deyilgan BMT xabarida.

Top