11:10 / 10.12.2017
5761

Puerto-Rikodagi dovul qurbonlari soni ortdi

Foto: Reuters

Puerto-Rikodagi «Mariya» dovuli qurbonlari soni 64 nafarga yetdi. Bu haqda CNN telekanali Puerto-Rika jamoat xavfsizligi departamentiga asoslanib xabar tarqatdi. 

Orol davlat hukumati qayd etishicha, haqiqiy talofat miqdori yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

«Mariya» dovuli Puerto-Rikoga sentabr oyida yopirilgandi. Tabiiy ofat darajasi eng yuqori cho‘qqiga — beshinchi darajagacha ko‘tarilgandi.

Mavzuga oid
Top