21:20 / 11.12.2017
39441

Nyu-Yorkdagi portlash videosi tarqaldi, portlash ijrochisining shaxsi ma'lum

11 dekabr, dushanba kuni Nyu-York shahri Manhetten mavzesining sharqiy qismidagi 42-ko‘cha va 8-avenyu kesishmasida, yirik avtobus terminali yonida portlash ro‘y berdi. 4 kishi, jumladan, gumonlanuvchining o‘zi jabrlandi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Bruklinda yashovchi, asli bangladeshlik 27 yoshli yigit bo‘lib, u AQShda kamida 7 yildan beri yashaydi.

New York Post nashri uning ismi Aqoyid Yulla ekanini aytdi va uning suratini e'lon qildi.

Internetda portlash ro‘y bergan vaqtda olingan video ham tarqalgan.

Top