16:16 / 11.12.2017
19257

Samsung Galaxy A8+ smartfonining ilk videosi namoyish etildi

Samsung kompaniyasining Galaxy A8+ smartfoni (2018)ishtirokidagi ilk videosi tarqaldi. YouTube videoservisida hali taqdimoti o‘tkazilmagan Samsung Galaxy A8+ smartfonining uch daqiqali videosi paydo bo‘ldi. 

Videorolikka ko‘ra, Galaxy A8+ to‘liq ekranli dizaynga ega, u Home mexanik tugmasidan mahrum bo‘lgan va tashqi ko‘rinishidan Galaxy Note 8'ga o‘xshab ketadi. Shuningdek videoda ikki frontal kamera aniq ko‘rinib turibdi.

Rolik oxirida smartfonning texnik xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi: Samsung Galaxy A8+ smartfoni IP68 standartiga muvofiq suv va changdan himoya bilan ta'minlandi. Yangi qurilma 6 dyuymli, 2220X1080 pikselli  Infinity Display Super AMOLED-ekran bilan ta'minlandi. Sakkiz yadroli Exynos 7885 protsessori yangi qurilmaning "yuragi"ga aylandi. 

Galaxy A8+ 6 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega. Asosiy kamera bitta bo‘lib, u 16 Mp, f/1.7 diafragma hamda optik tasvir barqarorligiga ega. Frontal kamera ikkita, u 16 va 8 Mp'li tasvir datchiklari bilan jihozlangan. Qurilmaning ishlash vaqti uchun 3500 mAs sig‘imli batareya javobgar. Daktiloskopik datchik ham mavjud. 

Samsung Galaxy A8+ dekabr oyi oxirida namoyish etilib, 600 AQSh dollaridan sotila boshlashi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top