13:48 / 11.12.2017
17063

O‘zbekistonda 1 300 dan ortiq korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar sodir etilgan

Foto: Fotolia

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar, OAV vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Davra suhbatida korrupsiyaga oid sodir etilgan jinoyatlar haqida ma'lumot berildi. Xususan, IIV Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 300 dan ziyod korrupsiya va iqtisodiyot asoslariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar aniqlangan. Mazkur jinoyatlar poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, valyuta qoidasini buzish, qalbaki pul yasash, talon-tarojlik hamda boshqa turdagi holatlar bilan bog‘liqdir. 

Tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 374 ta guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar fosh etilib, jinoyat sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyatlar natijasida yetkazilgan moddiy zararning undirilishi ta'minlangan. 

Top