17:00 / 12.12.2017
12145

Donbassda 3 yil ichida qancha odam halok bo‘lgani aytildi 

Foto: TASS

Donbassda mojaro boshlanganidan beri 10,3 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi va 25 mingdan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA «Novosti» BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Monitoring missiyasi hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.

«Umumiy hisobda 2014 yilning 14 aprelidan 2017 yilning 15 noyabriga qadar BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Ukrainadagi mojaro tufayli 35081 nafar jabrlanganni qayd etdi, ular orasida Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari, oddiy fuqarolar va qurollangan guruhlar a'zolari ham bor. Bu raqam 10303 halok bo‘lganlar va 24778 nafar jarohatlanganlarni o‘z ichiga qamrab oladi», - deyiladi BMT hisobotida.

BMTdan ta'kidlashlaricha, tinch aholi vakillari orasida halok bo‘lganlar soni 2,8 ming kishidan kam emas, jarohatlanganlar soni esa taxminan yetti-to‘qqiz ming kishi atrofida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donbassdagi mojaro qachon keskinlashishi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid
Top