23:00 / 12.12.2017
15482

Dunyodagi jami boylik 280 trillion dollarga yetdi

Foto: credit-suisse.com

2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bergandan keyingi 10 yil ichida dunyodagi jami boylik miqdori 30 foizga – 280 trln dollargacha oshdi. Bu haqda Credit Suisse Research Institute tomondan chiqarilgan 2017 Global Wealth Report tadqiqotida ma'lum qilindi. 

Oxirgi 12 oy ichida umumiy boylik 6,4 foizga ko‘paygan. Bu 2012 yildan beri kuzatilgan eng tez o‘sish sur'atidir. Global boylik aholi sonidan tezroq oshgani sabab, sayyoramizning har bir katta yoshli vakiliga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha boylik rekord qiymat – 56540 dollarga yetdi.

Bu borada Shimoliy Amerika va xususan AQSh yetakchilik qilmoqda. Bu mintaqa hisobiga 101 trln dollar to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinda Yevropa (79,6 trln dollar), Osiyo-Tinch okeani (55 trln dollar), Xitoy (23,3 trln dollar), Lotin Amerikasi (7,5 trln dollar), Hindiston (3,1 trln dollar) va Afrika (2,5 trln dollar) kelmoqda.

Top