15:30 / 12.12.2017
13173

Eronda yana zilzila 

Foto: EMSC

Eron sharqida 5,9 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) saytida xabar qilinishicha, yer osti silkinishlari UTC vaqti bilan soat 08:43 (Toshkent vaqti bilan 13:43)da qayd etilgan.

Zilzila o‘chog‘i 40 kilometrlik yer tubida bo‘lgani aytilmoqda.

Kecha esa Eron va Iroq chegarasida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Eron janubi-sharqida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top