14:50 / 12.12.2017
7427

Qozog‘istonda 2017 yilda qancha teraktning oldi olingani ma'lum

Foto: Kazinform

Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi 2017 yilda qancha teraktning oldi olingani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Tengrinews.kz ma'lum qilmoqda.

"Mamlakatdagi vaziyat barqarorligi ta'minlandi, terrorchilik va ekstremistik aksiyalarga yo‘l qo‘yilmadi, 2017 yilda terrorchilik xarakteridagi 11 ta zo‘ravonlik aksiyasi amalga oshirilishining oldi olindi", - deya xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov QR parlamenti senatidagi yig‘ilish davomida. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu harakatlarga tayyorgarlik bosqichidayoq chek qo‘yilgan.

"Biz Yaqin Sharq davlatlari, birinchi navbatda Saudiya Arabistonidan, diniy ekstremistik oqimlar tashviqotchilarini, jumladan Abduxalil Abdujaparovni ekstraditsiya hamda deportatsiya qilishning uddasidan chiqdik. Xususan, Abdujaparov sudlandi. Respublika hududida turli diniy oqimlarning 22 faoli va yetakchisiga nisbatan jinoiy ta'qib etish choralari qo‘llandi. Shu bilan birga, profilaktik ta'sir bilan 81 yetakchi va faolning ushbu mafkurani tarqatishi bo‘yicha harakatlar bartaraf etildi", - deya aytib o‘tdi Nurgali Bilisbekov.

"Biz Interpol orqali ishlamoqdamiz. Xorijdagi Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan barcha jangarilar qat'iy hisobda hamda Interpol orqali nazoratga olingan. Uchinchi mamlakat davlat chegarasini kesib o‘tishga istalgan urinish chog‘ida ular qo‘lga olinadi va Qozog‘istonga ekstraditsiya qilinadi", - deya xulosa qildi u.

Mavzuga oid
Top