14:20 / 12.12.2017
45043

Qozog‘istonda benzin narxi tushib ketdi

Qozog‘istonda AI-92 markali benzin arzonlashdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz. Royal Petrol va Sinooil rasmiy saytida ko‘rsatilgan ma'lumotga ko‘ra, eng ommabop benzin markasiga narx mos ravishda 0,4 hamda 0,47 dollarni tashkil etadi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Nelios hamda KazMunayGaz rasmiy saytidagi ma'lumotga ko‘ra, AI-92 0,48 dollarga baholangan.

Foto: Tengrinews

Shu bilan birga, "Gazpromneft" call-markazidan xabar berishlaricha, Qozog‘iston bo‘ylab AI-92ning o‘rtacha narxi 0,48 dollarga teng.

Foto: Tengrinews
Mavzuga oid
Top