08:24 / 12.12.2017
12126

Noma'lum erkakning yovvoyi quyonni yong‘indan qutqargani aks etgan video ommalashdi

Internet tarmog‘ida noma'lum amerikalikning yovvoyi quyonni alanga domidan qutqarish videosi ommalashib bormoqda. Ma'lumki, quruq va shamolli ob-havo AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlarining davom etishiga sabab bo‘lmoqda. Shtat hukumati 200 mingdan ortiq fuqaroni xavfsiz joylarga ko‘chirib, yana 94 ming kishini evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Unda avj olib yonayotgan o‘rmondan kesib o‘tgan yo‘l yoqasida talvasaga tushib turgan va o‘rmon tomonga qarab imo-ishora qilayotgan erkak kishi aks etgan. O‘t balosi o‘rmonlarda yashaydigan yovvoyi hayvonlar tinchini ham buzgani sababli ular ham alanga domidan qutilish choralarini ko‘rmoqda. U biroz vaqtdan keyin o‘rmon tomondan kelayotgan yovvoyi quyonni qutqarganini ko‘rish mumkin. 

Noma'lum kishining bunday jasurona hatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. 

Top